Diqqat e’lon! Tender – Davlat-xususiy sheriklik. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani
11.
01. 2022
10:46
1200
E'lonlar

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichi (takroran) boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar quyida xavola etilayotgan dastlabki malakani baholash hujjatlarini yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2022 yilning 14 fevral soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlari shart.

Xavola qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha kontseptsiyasi;

2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

Mas’ul xodimlar: O. Raxbarov, N. Adxamjonov.

E-mail: info@uznature.uz

Manzil: 100043; Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi 7A-uy.

Telefonlar: (+998) 71 207-07-70 (ichki 1072#, 5003#); (+998) 99 409-70-02;

 

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz

Tel: 71-203-03-07 (ichki 709)

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar