Tezkor reyd!
06.
04. 2022
11:37
742
Эконадзор

 Joriy yilning 29-mart kuni Sirdaryo daryosida, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat bo`yicha Milliy Gvardiya boshqarmasi hamda IIB bilan birgalikda tezkor ekoreyd  tadbiri tashkillashtirildi.

   Reyd natijasida noqonuniy baliq ovi bilan shug`ullanuvchi 6 nafar  fuqaro tomonidan daroyoga to`rlar tashlangani aniqlandi. Hozlat yuzasidan  huquqbuzar fuqarolarga nisbatan  O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bo`yicha umumiy miqdorda  8 mln 100 ming so`m jarima belgilandi.
Ashyoviy dalil sifatida: 2 dona qayiq va 4 dona 100 metr uzunlikdagi to`rlar olib qo`yildi.

Hurmatli Fuqarolar, ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir!!!

Reyd tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaz qilish boshqarmasi axborot xizmati

Фойдали манбалар