Rasul Xidralievich Kusherbayev – 1987-yil 12-yanvar, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tug`ilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati. MEHNAT FAOLIYATI: 2010-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2007-yilda Liberal-demokratik partiyaning Toshkent viloyati maʼmuriyatining yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha „Yangiyul“ (Yangi yoʻl) deb nomlangan gazetaning bosh muharriri boʻlib ishlagan. 2014-yilda buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi. 2020-yilda Innovatsiya, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. 2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi. 2023-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
|