Temirov Anvar Yangiboevich - 1969 yili 13 avgustda Jizzax viloyati, Forish tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini ta’momlagan. Ma’lumoti– oliy, mutaxassisligi - muhandis-o‘qituvchi.
MEHNAT FAOLIYATI:
1988-1992 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti talabasi.
1992-1993 yy. - Jizzax viloyati G‘allaorol qishloq xo‘jaligi texnikumi katta o‘qituvchisi.
1993-1993 yy. - Jizzax viloyati dehqonlar uyushmasi va jamoa xo‘jaliklari Kengashi bosh mutaxassisi.
1993-1994 yy. - Jizzax viloyati hokimligi agrosanoat kompleksi mutaxassislar guruhi referenti,1-toifali mutaxassisi.
1994-1995 yy. - Jizzax viloyati hokimligining Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi vakolatxonasi rahbari.
1995-1996 yy. - Jizzax viloyati hokimligi agrosanoat kompleksi mutaxassislar guruhi referenti,1-toifali mutaxassisi.
1996-1997 yy. - Jizzax viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi.
1997-1999 yy. - Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi o‘rinbosari, nazorat inspektsiyasi boshlig‘i.
1999-2001 yy. - Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.
2001-2001 yy. - Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.
2001-2008 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati bo‘limi Kengashi raisi.
2008-2009 yy. - O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi raisi.
2009-2010 yy. - Jizzax viloyati hokimligi nazorat sho‘‘basi rahbari.
2010-2011 yy. - Jizzax viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi-nazorat sho‘‘basi rahbari.
2011-2013 yy. - Jizzax viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining mudiri.
2013-2013 yy. - Toshkent viloyati xokimiyati ishlar boshqaruvchisi.
2013-2014 yy. - Respublika Ma’naviyat-targ‘ibot markazi ijtimoiy-siyosiy bo‘limi mudiri.
2014-2015 yy. - Vaqtincha ishsiz.
2015-2017 yy. - “Toshkent Avtomarkaz” mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo bo‘limi boshlig‘i, boshliq v.b.
2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.
2018-2020 yy. - “SHelkovo Agroxim - Uzbekiston” kushma korxonasi bosh direktor o‘rinbosari.
2020-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2020-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ijro intizomi nazorati va hujjat aylanishi bo‘limi boshlig‘i