Talipov Jaxongir Xabibullaevich – 1987 yili 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya Institutini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – ekolog. MEHNAT FAOLIYATI: 2005-2009 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi. “Ekologiya va atrof muxit muhofazasi” yo‘nalishi (Bakalavr). 2009-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza kilish davlat qo‘mitasi xuzuridagi “Boshdavekosertifikat” bosh boshkarmasida yetakchi mutaxassisi. 2011-2014 yy. - Grayfsvald Universiteti talabasi (Grayfsvald, Germaniya) “Landshaft ekologiya va tabiatni muxofaza kilish” yo‘nalishi (Magistratura). 2014-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (ekspert). 2015-2016 yy. - Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB). Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Milliy konsultanti. 2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (ekspert). 2017-2019 yy. - Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Akademiyasi talabasi (Vilm, Germaniya). 2019-2020 yy - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi bosh mutaxassisi. 2020 y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi boshlig‘i.
|