Kalimbetov Azizjon Allambergenovich – 1982 yili 4 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot shahrida tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi - ekolog.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1999-2003 yy - Toshkent irrigatsiya va meleoratsiya instituti talabasi.

2003-2005 yy - Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ANIDI bo‘limi 2-darajali mutaxassisi.

2005-2008 yy - Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi davlat inspektsiyasi bo‘limi 1-darajali mutaxassisi – davlat inspektori.

2008-2014 yy. - Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi davlat inspektsiyasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi – davlat inspektori.

2014-2017 yy. - Toshkent shaxar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ekologik targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i.

2017-2018 yy. - Toshkent shaxar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.

2018-2020 yy. - Toshkent shaxar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i v.b.

2020-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Atrof-muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va monitoringi boshqarmasi bosh mutaxassisi.

2021 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i.