2 FEVRAL – BUTUNJAHON SUVLI-BOTQOQLI HUDUDLAR KUNI
02.
02. 2023
19:06
2551
Духовность и просвещение

Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni munosabati bilan Janubiy Usturt milliy tabiat bogʻi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti hamda Berdaq nomidagi QDU professor oʻqituvchilari hamkorligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida talabalar va maktab oʻquvchilariga seminar oʻtkazildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti raisi A.Begimova tomonidan yurtimizda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy muhofazaga olingan maydonlar, suv-botqoqliklarni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Soʻng seminar ishtirokchilari muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

Qoraqalpoqiston Respublikasi ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati

Полезные ресурсы