Katta tuvaloq qishlayotgani ma'lum bo'ldi
07.
02. 2023
15:55
2678
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Oʻzbekiston ochiq suv havzalarida qishlab qoluvchi suv qushlarining qishki sanogʻi” loyihasi doirasida  qushlarning 2023-yilgi qishki  sanogʻini oʻtkazish ishlarini davom ettirmoqda. 

Jizzax va Samarqand viloyatlarida sanoq ishlarini oʻtkazish davomida  katta tuvaloq (Otis tarda) qushining yurtimizda qishlayotganini aniqlashdi. 

Katta tuvaloq butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, uchib oʻtuvchi qushlarning kenja turi hisoblanadi.

Katta tuvaloq Ustyurt yassi tekisligida, Janubi-sharqiy Qizilqum, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron va Zarafshon daryosi vohasi, Surxondaryo va Sherobod daryolarning quyi qismlaridan uchib oʻtadi va  nomuntazam qishlaydi. Oʻzbekistondan tashqarida, Yevropa, Shimoliy Afrika, Qozogʻiston, Gʻarbiy Osiyoda uyalaydi va qishlaydi.

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu noyob turdagi qushlar soni ovchilik hamda yashash yerlarining qisqarishi oqibatida keskin kamayib ketgan. 

Institut xodimlari tomonidan ushbu qushning  yashash tarzi va muhofazasi boʻyicha maʼlumotlar jamlanib, tegishli tartibda roʻyxatga olindi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Фойдали манбалар