Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi
02.
06. 2023
12:35
5013
Янгиликлар

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi.

Bundan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilmaxillikni asrash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tartibga solish, shuningdek, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashdir.

Фойдали манбалар