Toshkentda 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi
22.
07. 2023
11:36
1976
Янгиликлар

Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Ulug'bek" shaharchasida yong'in sodir bo'ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog' hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketgan. 

Ayni damda Ekologiya vazirligi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o'rganish ishlari olib borilmoqda. Yong'in sababi, oqibatlari va boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.

O'rganish natijalariga ko'ra batafsil ma'lumot beriladi.





Фойдали манбалар