Din Karnazes "Borsa-Kelmas" quruq ko'lining tubi bo'ylab 42 km masofani bosib o'tadi
16.
09. 2023
17:56
1778
Янгиликлар

Ertaga, 17-sentabr kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Prorun.uz yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov tashabbusi bilan jamoatchilik e'tiborini Orol dengizidagi dolzarb ekologik muammolarga qaratish maqsadida marafon bo‘lib o‘tadi.

Mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnazes bilan birgalikda Kulikov Orol dengizidan atigi 60 km uzoqlikda joylashgan, mintaqadagi suv resurslaridan ommaviy foydalanish natijasida qurib qolgan "Borsa Kelmas" ko'li tubi bo'ylab 42 km masofani bosib o'tadi.

 Marafondan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb qilish, shuningdek, 19-23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dolzarb global ekologik muammolarga bag'ishlangan BMT Bosh Assambleyasining 2023-yilgi sessiyasidagi muhokamalarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishdan iborat.

Insonlarni sport va atrof-muhitni muhofaza qilish bayrog‘i ostida birlashtirgan ushbu marafon jahon hamjamiyatini sayyoramiz bilan uyg‘un yashashga chaqiradi. 

Marafonni Ekologiya vazirligining YouTube kanalida to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilishingiz mumkin. 

Efir vaqti: 17-sentabr, Toshkent vaqti bilan 8:30. Kanal havolasi: https://www.youtube.com/@ecogovuz 

Bundan tashqari, @prorun.uz Instagram akkauntida tanlov o'tkaziladi. Marafonning yakunlash vaqtini aniq topgan ishtirokchi iPhone 15 Pro telefonini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Obunachilar Instagram akkauntida o‘z fikr-mulohazalarini qoldirish orqali tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Arizalar marafon boshlanishidan oldin qabul qilinadi.

Фойдали манбалар