Umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok eting!
13.
03. 2024
15:11
1276
Янгиликлар

2024-yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi. 

Hashar Respublikada “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

Hashar davomida barcha hududlardagi 9000 dan ortiq mahallalarda 16 million tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi, mahallalar, ziyoratgohlar, xiyobonlar va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. 

Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni xayriya hasharida faol ishtirok etishga chaqiramiz! Daraxt ekish va atrof-muhitni ozoda saqlashdek xayrli tashabbusga o‘z hissangizni qo‘shing!

Фойдали манбалар