Orol tubidagi 10 gektar hududda 10 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi
14.
03. 2024
13:19
866
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda vazirlikning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Iveco Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Orol tubidagi 10 gektar hududda 10 mingga yaqin saksovul koʻchatlari ekildi.

Shuningdek, mazkur hududda institut olimlari tomonidan ekotizimni tiklashga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunda choʻl hududida yaylovlarni barpo etish, yashil qoplamalar bilan qoplash,  Orol tubidan koʻtariladigan chang-toʻzonlarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, iqlim oʻzgarishi davrida yerlar degradatsiyasini kamaytirishga ilmiy tomonlama yondashish maqsad qilingan.

Ma'lumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2018–2023-yillar davomida Orol dengizi tubida 1 mln 730 ming gektar o‘rmonzor barpo etildi, ya'ni 17 ming km kvadrat maydon ko‘kalamzorlashtirildi. 2024-yilda esa jami 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan. 

Bugungi kungacha oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 192,63 tonna choʻl oʻsimliklari urugʻlari, jumladan, 71,96 tonna saksovul, 120,67 tonna qorabaroq choʻl oʻsimliklari terilib, ekishga tayyorlandi.  Shuningdek, 2,7 ming gektar maydonda saksovul, qandim, cherkes kabi cho‘lga chidamli o‘simliklarning urugʻ hamda koʻchatlari ekilmoqda. (https://t.me/ecogovuz/44680)

Фойдали манбалар