O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta'minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan loyiha ishga tushirildi
14.
03. 2024
17:31
894
Янгиликлар

14-mart kuni Toshkentda 22-mart — “Butunjahon suv resurslarini muhofaza qilish kuni” munosabati bilan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va salomatlik” to‘g‘risidagi protokolga qo‘shilishi munosabati bilan “O‘zbekistonda suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini iqlim o‘zgarishi sharoitida favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish” loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir BMT YeIK, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon va geologiya vazirligi tomonidan tashkil qilindi. Unda Ekologiya vazirligi Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish siyosati bo'limi boshlig‘i Abdumajid Xolmurodov, Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Po‘latov, YeIK ijrochi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Maryasin, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixona missiyasi rahbari o‘rinbosari, Hamkorlik departamenti rahbari Rahel Boesch, xalqaro tashkilotlar va mahalliy vazirliklar vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilib, 2024–2026-yillarda amalga oshirilmoqda. 

“Loyiha suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida milliy boshqaruv hamda salohiyatni yaxshilash, shuningdek, suvning favqulodda, ayniqsa, togʻ-kon chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan, — dedi Ekologiya vazirligi bosh mutaxassisi G‘olib Shukurov. — Qolaversa, iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish, transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy almashinuvni rivojlantirishga alohida eʼtibor beriladi”.



Tadbir davomida loyihaning ishga tushirilishi hamda Oʻzbekistonning “Suv va sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga qoʻshilishi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi. Shuningdek, suv, sanitariya va sogʻliqni saqlash, Oʻzbekistonning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilishi va suvning tasodifiy ifloslanishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbirda vazifalar, texnik topshiriqlar va Oʻzbekistonning chiqindi suv omborlari xavfsizligi va suv resurslarini boshqarish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. 

“Oʻzbekistonning “Suv va sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga qoʻshilishidan  mamnunmiz. Bu muhim, chunki aniq harakat rejasi, aniq maqsadlarni belgilashga xizmat qiladi hamda O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish borasidagi ishlarining ahamiyati oshiradi”, — dedi Rahel Boesch.

Seminarda BMTning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi konvensiyasi ko‘lami, afzalliklari va asosiy talablari, O‘zbekistonning Konvensiyaning Yordam va hamkorlik dasturining benefitsiari sifatidagi tajribasi, Vengriyaning Suv va salomatlik bo‘yicha Protokolning ishtirokchisi sifatida tajribasiga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda suv va sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi Protokol doirasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, dolzarb ustuvor vazifalar va ehtiyojlar muhokama qilindi. O‘zbekistonda amaldagi oqova suv standartlari ko‘rib chiqildi. 

Tadbir yakunida kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Фойдали манбалар