"Jayron" pitomnigida 5000 tupga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi
15.
03. 2024
11:44
917
Янгиликлар

Buxoro viloyati "Jayron" pitomnigidagi 11 377 gektardan iborat ochiq hududda 5000 tupga yaqin saksovul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Tadbir Buxoro viloyati Ekologiya  boshqarmasi, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qorovulbozor tuman hokimligi tomonidan tashkil etildi.  

"Yashil Vatan uchun" loyihasi doirasidagi tadbirda viloyatdagi 5 ta davlat oliy ta'lim muassasalaridan jami 200 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, Buxoro viloyatida ayni damda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 9 milliondan ortiq daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar 6 millionga yaqin daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Orol tubidagi 10 gektar hududda 10 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekilgan edi.

Фойдали манбалар