Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanadi
30.
03. 2024
16:53
1439
Янгиликлар

Toshkentda Ekologiya vazirligi huzuridagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

GIZ shartnomalari doirasida METHlarga 2 ta noutbuk, 4 ta tunda ko’rish uchun mo’ljallangan durbin, 1 ta fotoapparat, 10 ta ratsiya, 4 ta sun’iy yo‘ldosh telefoni, 4 ta simsiz zaryadlash vositasi, 2 ta benzin generatori, 2 ta motor nasosi, 2 ta chodir, 2 ta suv va mebel tashish uchun tirkama beriladi. Shuningdek, tashkilot tomonidan Sudochye-Akpetki davlat qo‘riqxonasida 2 ta quyosh batareyasi va 40 ta yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Фойдали манбалар