Funktsiya va vazifalar

Davlat ekologik ekspertizasining asosiy funktsiyasi rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda faoliyatni amalga oshirish mumkinligini aniqlashdan iborat.

Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifalaridan biri atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog‘ligiga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo‘jalik ob’ektlarining ta’sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari davlat ekologik ekspertizasini tashkil qiladi va o‘tkazadi, davlat va jamoat ekologik ekspertizasi bo‘yicha normativ-texnik va ko‘rsatma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha xulosalar beradi, davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi, davlat tomonidan atrof-muhitga ta’sirni baholash, tahlil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatadi.