Diqqat e’lon! Tender – Sirdaryo viloyati Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari
11.
05. 2021
17:55
4357
Tender

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati Sirdaryo va Sayxunobod tumanlarida (2-lot) maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan bir bosqichli tender boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar, dastlabki malakani baholash hujjatlari hamda texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) takliflarni (e’lon ostida ko‘rsatilgan) yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 21 iyun kuni soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.

Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son qarori.

1) Loyiha kontseptsiyasi;

2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

3) Texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) taklif;

Quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

100032, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek t., Sayram ko‘chasi, 5-o‘tish, 15-uy;

Telefonlar: (+998) 71 207 07 70 (ichki. 1072#); (+998) 99 409 70 02.

 


 

Foydali manbalar