Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv
09.
09. 2021
14:43
3513
Tadbirlar

2021 yil 8 sentyabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov Germaniya atrof -muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi federal vazirligi boshqarmasi boshlig‘i YU. Kaynxorst, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHRT) Yashil rivojlanish va global aloqalari bo‘limi boshlig‘i K. Kitamori bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Yashil harakatlar bo‘yicha IHRTning maxsus ishchi guruhining yillik yig‘ilishi, Markaziy Osiyoda energiya, suv va yer resurslaridan foydalanish o‘rtasidagi tizimli bog‘liqliklarni o‘zgartirish bo‘yicha yangi mintaqaviy loyiha (NEKSUS) hamda IHRTning Markaziy Osiyoda past uglerodli rivojlanish barqaror infratuzilmasi bo‘yicha mintaqaviy dasturi doirasida davom etayotgan ishlarni muhokama qilishdi.

Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv

Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv

Dunyo bo‘ylab KOVID-19 tufayli sayohat cheklovlari joriy etilganligi sababli, delegatlar va ishtirokchilarning oz qismigina tadbirda shaxsan ishtirok etish istagini bildirgan. Shu bois, Kotibiyat tomonidan 2021 yilgi yig‘ilishni 12-13 oktyabr kunlari virtual tarzda o‘tkazish qarori qabul qilindi.

Shu bilan birga, IHRT NEXSUS mintaqaviy loyihasi doirasida BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konventsiyasining 26-tomonlar konferentsiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari atrof-muhit vazirliklari va idoralarining yig‘ilishini tashkil etishni taklif qildi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari, 14 oktabr kuni Toshkentda gibrid formatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo uchun iqlim, energiya, suv va yer munosabatlari masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun taklif qilindi.

Xorij tomoniga so‘nggi yillarda respublikada ekologiya va atrof-muhit sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. 2030 yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi, 2028 yilgacha qattiq chiqindilarni boshqarish va biologik xilma -xillikni saqlash strategiyalari, Orol dengizi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilingan BMTning maxsus rezolyutsiyasi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirilganligi buning, Orol dengizining qurigan tubida yashil ekinlarni ekilishi va h.k. buning yaqqol isboti bo‘ladi.

O‘z navbatida, xorijiy tomon Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikni nafaqat mavjud ikkita mintaqaviy tashabbusni amalga oshirish doirasida, balki yangi transchegaraviy qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni yaratish va boshqarishda mumkin bo‘lgan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

IHRT bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini 2050-2060 yillarga mo‘ljallangan past uglerodli uzoq muddatli rivojlanish kontseptsiyasi strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi berildi.

Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv

Uchrashuv oxirida, Janob Kaynxorst Davlat ekologiya qo‘mitasining Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervatini YuNESKOning "Odam va biosfera" dasturi doirasida Butunjahon biosfera rezervatlari tarmog‘iga muvaffaqiyatli nomzodlash bo‘yicha ishini yuqori baholayu o‘tdi. U Butunjahon biosfera rezervatlari tarmog‘iga nomzodlash va kiritish birinchi masala ekanligini, rezervatni boshqarish esa boshqa masala ekanligini tan oldi, shu sababli Qo‘mita vakillariga bu yo‘nalishda muvaffaqiyat tilab qoldi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar