Toshkent shahri. Fotosuratlar tanlovi
14.
09. 2021
16:08
4363
Tender

18 sentyabr - Butunjahon tozalik kuni  (“World Clean up Day 2021”) dunyoning barcha mamlakatlarida tozalik va tabiatni asrash kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu kun munosabati  bilan Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar kengashi hamda “Maxsustrans” DUK tomonidan fotosuratlar tanlovini e’lon qiladi.

Ekologiyaga befarq bo‘lmagan faol yoshlarimiz o‘rtasida «Biz senga befarq emasmiz — ONA TABIAT!» nomi ostida fotosuratlar tanlovi.

Ushbu tanlovda tozalik va ozodalikni saqlash, chiqindilarni yig‘ish va saralash orqali atrof-muhitni asrashni ifodalagan holda  ma’lum bir hududning oldingi holati va tozalangandan so‘ng olingan holatlaridagi fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlov uchun fotosuratlar 17 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlar @Ecopoytaxt telegram-kanalida e’lon qilib boriladi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar 18 sentyabr kuni  Zahiriddin Muxammad Bobur nomli Markaziy ekologik bog‘ida bo‘lib o‘tadigan tadbirda diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @Shohista_Zokirova telegram manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar