Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuv
24.
09. 2021
19:43
305
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida «Xalqaro energetika xartiyasi» ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda qo‘mita raisi o‘rinbosari I. Boqijonov delegatsiya a’zolarini qutlab, O‘zbekistonda atorof-muhitni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan ishlar, sohada erishilgan yutuqlar, qabul qilingan normativ-xujjatlar, Parij bitimi majburiyatlari doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va yashil energetikaga oid loyihalar haqida mehmonlarga ma’lumot berdi.

Muloqot davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan Janubiy Koreyaning «Sejin G&E So., Ltd.» kompaniyasi 55,0 mln dollar miqdoridagisarmoyasi hisobiga «Toshkent viloyatining «Ohangaron» va «Maydontol» maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish» loyihasi, shuningdek,Koreya ekologik sanoat va texnologiyalar instituti (KEITI) tomonidan Jizzax viloyatida ikkitaxalqaro sanitar normalarga javob beradigan chiqindi poligonini qurish, chiqindilarni saralash va qayta ishlash natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar to‘g‘risida fikr almashildi.

Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuv

Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuv

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar