E’lon! Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘da ekologik aktsiya
30.
09. 2021
13:28
3670
Tender

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi aholi hamda keng jamoatchilikning ko‘p sonli murojaatlariga muvofiq atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat idoralari va biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari ko‘ngillilarini hamda faol fuqarolarni 2021 YIL 2 OKTYaBR KUNI POYTAXTIMIZNING ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI MADANIYaT VA ISTIROHAT BOG‘IDA o‘tkaziladigan tozalik aktsiyasiga taklif etadi.

Ishtirokchilar barcha zarur bo‘lgan vositalar (qo‘lqop, chiqindi uchun qop va boshqalar) bilan ta’minlanadi.

Aktsiya Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida (Shayxontohur tumani, Zarqaynar, 6 uy. Mo‘ljal: G‘ofur G‘ulom metro bekati, “Planetariy”, Chorsu bozori) 2 oktyabr kuni soat 10-00 da boshlanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar