Butunjahon jonivorlar kuni
04.
10. 2021
11:06
3907
Tadbirlar

Bugun 4 oktyabr – Butunjahon jonivorlar kuni. Mazkur sana 1931 yilda Florentsiya shahrida (Italiya) Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo‘qolib ketmoqda. So‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan.

Shu bois, ko‘plab mamlakatda ushbu sanada hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targ‘ibot aktsiyalari, ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar