«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
20.
10. 2021
12:03
300
Tadbirlar

2021 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Yunusobod tuman Xalq ta’limi bo‘limi va tumanidagi 247-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi O‘qitish va o‘quv jarayonini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I. Saparboev, Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis D. Mavlonova, Yunusobod tuman Xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari hamda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda ona tilimizning boyligi, jozibasi haqida so‘z yuritilib, badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar