WWF bilan mustahkam hamkorlik
22.
10. 2021
12:52
3848
Tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Butunjahon yovvoyi tabiat fondining (WWF – World Wildlife Fund) Gland shahrida (Shveytsariya) joylashgan bosh qarorgohiga tashrif buyurdi va u yerda WWF bosh direktori Marko Lambertini bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun: WWF - atrof-muhitni muhofaza qilish, tiklash va sohada tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi xalqaro jamoat tashkiloti. Bu dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarda 1300 ga yaqin tabiatni muhofaza qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi eng katta mustaqil tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda tomonlar ekotizimlarni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini, xususan, mamlakatda yo‘q bo‘lib ketgan va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan Osiyo gepardini (Acinonyx jubatus venaticus) qayta tiklash istiqbollarini, shuningdek, O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzolash orqali ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar