Qor qoploni muhofazasi bo‘yicha memorandum
11.
11. 2021
17:58
1051
Tadbirlar

2021 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Glazgo shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida Hadli konventsiyasi tomonlar konferentsiyasining 26-chi Yig‘ilishida (COP26) ishtirok etishi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari “Mahalliy jamoat vakillari uchun iqlim o‘zgarishi sharoitida qor qoplonini muhofza qilish uchun sa’y-xarakatlarni birlashtirish” tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston vakillari bilan birgalikda Global ekologik jamg‘armasi, Global qor qoploni va ekotizimlarini muhofaza qilish Dasturi (GSLEP), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilot ekspertlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda qor qoplonini, bu tur uchraydigan ekotizimlarni muhofaza qilishning dolzarb jihatlari, bu borada monitoring olib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar va tadqiqotlar natijalari muhokama qilindi hamda qor qoploni va tog‘ ekotizim landshaftlarini yaxshilash bo‘yicha keyingi davr uchun rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston atrof-muhit idoralari o‘rtasida G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda qor qoploni, ozuqa bazasi va yashash muhitini muhofaza qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar