Andijon viloyati. Internetda sotuvga qo‘yilgan burgut haqida
13.
12. 2021
20:29
4199
Ekanadzor

Buloqboshi tumani Soxibkor MFY hududida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro Sh. A. tomonidan poloponligidan boqib kelayotgan burgutni ijtimoiy tarmoqqa sotish uchun chiqarib yuborganligi bo‘yicha joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida burgutni xozirda voyaga yetayotganligi va o‘z qo‘liga o‘rgatganligi, hamda xonadon egasi tomonidan shart-sharoitlarni yaratib berilganligi aniqlandi. Biroq burgutni boqish uchun xonadon egasi safarda bo‘lganligi sababli, ruhsatnoma olish uchun murojaat qilolmaganligini bildirdi. Xonadon egasi safardan qaytganidan so‘ng belgilangan tartibda ruhsatoma rasmiylashtirishini bildirdi.

Hozirda burgutni boqish uchun ruhsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan vaqtincha saqlab turish uchun olib kelindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar