Ilk yig‘ilish
09.
01. 2022
10:38
935
Tadbirlar

2022 yil 8 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi binosida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflarni o‘rganish va tayyorlash bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining hozirgi holati va o‘zgarish oqibatlaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan xar bir vazirlik va idora vakillariga konkret vazifalar belgilab berildi. Ko‘llar va uning ekosistemasini o‘zgarish holati, amalga oshiriladigan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan fikr mulohazalar muxokama qilindi. Ishchi guruhning kelgusi ish rejalari tasdiqlandi. Ishchi guruh ishi davom ettiriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar