Ikki sherning nazmiy saltanati
14.
02. 2022
18:52
832
Tadbirlar

Bugun 14 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan «Ikki sherning nazmiy saltanati» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjon, filologiya fanlari nomzodi, mahoratli notiq Raximboy Jumaniyozov, xalqimiz suygan taniqli san’atkor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, kinoaktyor Rustam Sa’dullaev ishtirok etdilar.

Tadbirni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov ochib berib, har ikki buyuk ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o‘rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei, boy adabiy merosiga to‘xtalib o‘tib, ular asarlarida ona tabiat, ekologiya masalalari o‘rni xususida so‘z yuritdi.

Ekologiya va atrof-muhit masalalari davlat siyosati darajasida ekanligi, bugungi kunda aholi, ayniqsa, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy yuksalishida, ekologik madaniyatni oshirishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Shoir Nuriddin Aminjon, Alisher Navoiy va Boburning ijodini o‘rganish va ilmiy tahlili bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligi, ularning ijodiy merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, ma’naviyatimiz asoslarini esa buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Raximboy Jumaniyozov ikki buyuk davlat arbobi o‘zining aql-zakovati va yuksak ma’naviy salohiyati bilan yaratgan asarlarining islom ma’naviyati va tarbiyasi bilan hamohang bog‘langanligini jahonning mashhur tarixnavis olimlari e’tirof etganligini bildirib o‘tdi.

Shuningdek suyukli san’atkorimiz o‘ynagan birinchi roli Alisher Navoiy filmidagi personajlarini o‘rtoqlashdi.

Xalqimiz ma’naviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi barcha xodimlari ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida o‘zaro fikr almashishdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar