Ishchi guruh yig‘ilishi
16.
02. 2022
09:37
3375
Tadbirlar

Bugun 15 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishchi guruh tarkibi sog‘liqni saqlash, suv xo‘jaligi, ichki ishlar, moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, innovatsion rivojlanish, turizm va sport, transport kabi vazirliklar, Davlat soliq, o‘rmon, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitalari, Bosh prokuratura, Fanlar akademiyasi va boshqa idoralardan tashkil topgan.

Tadbirda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi kamchiliklar va muammolar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tayyorlangan umumlashgan tahliliy ma’lumotlar muhokama qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar