Onlayn kuzatuv kameralari orqali yana bir huquqbuzarlik aniqlandi
25.
05. 2023
13:10
1399
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog‘liq yana bir huquqbuzarlik aniqlandi. 

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro N.A. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari – 330 000 so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. 

Ta'kidlash joizki, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindi tashlanadigan joylarda 25 ta zamonaviy kameralar o‘rnatilib, dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan onlayn rejimda kuzatilmoqda. Shuningdek, ayni paytda qo‘shimcha 200 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida esa bunday kameralar butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatiladi. 

Ma'lumot uchun, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq holatlar Tabiat resurslari vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar huquqbuzarlarga chora ko‘rish uchun hududiy boshqarmalarga yuboriladi. 

Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!

Foydali manbalar