Toshkent viloyatida noqonuniy ov bilan shug‘ullanayotganlar aniqlandi
20.
02. 2024
17:17
683
Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy baliq ovlanishining oldini olish maqsadida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Quyichirchiq tumani "Qoʻrgʻoncha" MFY hududidagi reyd davomida Chirchiq daryosining chap qirgʻogʻida mahalliy fuqarolar Sh. A. va A. I. tomonidan noqonuniy usulda, yaʼni elektr qarmoq yordamida baliq ovlanayotgani aniqlandi. Ushbu shaxslarga tegishli narsalar koʻzdan kechirilganda 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumulyator va 86 bosh har xil turdagi baliq (shundan 80 bosh tovon baligʻi, 2 bosh zogʻara baligʻi, 4 bosh oq baligʻi) hamda 1 dona ondatra (mushk kalamush) borligi maʼlum boʻldi. 

Holat natijasida Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunning 34 va 35-moddalari buzilgan. Tabiatga esa 28 million 628 ming soʻm zarar yetkazilgan. 

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar tegishli tartibda sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Foydali manbalar