Qancha avtomobil eko-nazoratdan o‘tkazildi?
24.
04. 2024
17:29
2814
Yangiliklar

Respublikamizning barcha hududlarida "Toza havo" oyligining birinchi bosqichi davom etmoqda, unda 10-apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. 

Bu “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi talablari ijrosini taʼminlash hamda avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga me'yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln soʻm jarima qoʻllanildi. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha toʻxtatildi.

Ma'lumot uchun, “Toza havo” oyligining joriy yildagi I bosqichi 10-mayga qadar davom etadi. Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan oʻtkazish belgilangan.

Foydali manbalar