Chiqindi poligonlari operatorlari uchun o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda
25.
04. 2024
00:48
663
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda chiqindi poligonlarining malakali operatorlari uchun samarali oʻquv dasturini joriy qildi. Dasturning ilk soni 22-aprel, Xalqaro Yer kuniga to‘g‘ri keldi. 

Ilk mashg‘ulotlar Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Surxondaryo viloyatining Termiz shaharlarida bo'lib o'tdi. Har bir sessiyada yurtimizning turli hududlaridan 40 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Ishtirokchilar poligonni rivojlantirish strategiyasi, chiqindixona gazini ishlab chiqarish va uni boshqarish tamoyillari, poligonni yopish tartiblari, sog‘liq va xavfsizlik choralari va poligonni ishlatishning boshqa muhim jihatlari, jumladan, samarali presslash va chiqindilarni joylashtirish usullari kabi mavzularni muhokama qilishdi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli twitterdagi sahifasida mazkur hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirdi.

Foydali manbalar