Waste management
  • About activities
  • Functions and duties
  • Services
  • Legislation

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish Bosh boshqarmasi


Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining buyruq va topshiriqlari asosida ish olib boradi.

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi jamoat tashkilotlari va aholi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ularga metodik yordam beradi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi inspektorlarning ishlarini birgalikda tashkil qiladi va amaliy yordam beradi.

 

 Sanitar tozalash sohasida ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari, funktsiyalari:

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son Farmoniga asosan Ko‘mitaga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ko‘mitasining markaziy apparatidagi sanitar tozalash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradigan organi hisoblanadi.

Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Qo‘mita raisining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

Bosh boshqarma tarkibiga:

Sanitar tozalash sohasida metodologiya va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

Sanitar tozalash sohasida ishlarni tashkillashtirish;

Chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

Iqtisodiy tahlil va sanitar tozalash bo‘yicha tariflar bo‘limlari kiradi.

Bosh boshqarma quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Bosh boshqarma o‘z vazifa va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Bosh boshqarma faoliyati O‘zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindildar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– sanitar tozalash sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

– sanitar tozalash ishlarini belgilangan metodologiya asosida tashkil etish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

– tegishli davlat idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda samarali sanitar tozalash tizimini tashkil etish;

– maishiy chiqindilarni hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil etish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korxonalari, Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi, “CHIQINDILARNI QAYTA YUKLASH VA UTILIZASIYA QILISH” davlat korxonasi hamda ularning filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;

– mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

– sanitar tozalash xizmatlari tariflari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
 

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

– sanitar tozalash sohasida chiqindilar bilan ishlash sub’ektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;

– sanitar tozalash sohasini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

– yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi idoralarning hodimlaridan iborat ekspert, maslahat guruhlarini, ilmiy kengashlarini tashkil etadi;

– sanitar tozalash sohasiga oid davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda ularning ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

– vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan sanitar tozalash sohasini tartibda solish bilan bog‘liq zaruriy ma’lumotlarni talab kilib oladi;

– qattiq maishiy chiqindilar poligonlari va chiqindilarni yig‘ish maydonchalarini loyihalash, joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

– chiqindilar bilan ishlashga oid statistik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

– iste’molchilarning umumrespublika hisobini shakllantiradi va yuritishda qatnashadi;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar oldini olish chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– sanitar tozalash sohasida tizimli muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlar sohasida samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korxonalari, Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi, “CHIQINDILARNI QAYTA YUKLASH VA UTILIZASIYA QILISH” davlat korxonasi va ularning filiallari boshliqlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda attestatsiyasida ishtirok etadi;

– o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.

 

Xizmatlar


Respublika bo‘yicha jami 116 ta sanitar tozalash korxonalari mavjud. Viloyatlar va Qoraqolpog‘iston Respublikasida 13 ta “Toza hudud” DUK boshqarmalari, tuman va shahar filiallari, Toshkent shahar “Maxsustrans” DUK hamda muqobil korxonalar tomonidan aholiga sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatib kelinadi.

Joylarda tashkil etilgan “Toza hudud” DUKlarda 7 ming nafarga yaqin xodim hamda 3 264 ta maxsus texnika faoliyat yuritadi. “Toza hudud” va “Maxsustrans” DUKlar tasarrufida 3 179 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 10 372 ta chiqindi konteynerlari mavjud.

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida, hududiy “Toza hudud” DUKlari uchun maxsus texnika xarid qilish bo‘yicha” manzilli dastur doirasida 2020 yilda 122,6 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan 225 ta maxsus texnikalar xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 134 ta maxsus texnika uchun 105,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirilib, jami 78 ta maxsus texnikalar yetkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ–4845-son “ Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga davlat-xususiy sheriklikni joriy etiladi va bu borada Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida joriy yilda qiymati 32,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lgan 16 ta, 2021 yil davomida 46 ta loyiha amalga oshiriladi, buning natijasida 725 ta maxsus texnika, 64 ta chiqindilarni qayta ishlash, 43 ta chiqindilarni saralash uskunalari xarid qilinadi.

Bu esa o‘z navbatida, davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda sanitar xizmat ko‘rsatish qamrov darajasining 100 foizga yetkazilishiga hamda 2 650 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Sanitar tozalash xizmatari uchun aholi tomonidan to‘lovlarni onlayn amalga oshirish tizimini yaratilishi maqsadida, O‘zbekiston pochtasi, “Uzpaynet” MChJ qo‘shma korxonasi, “National Engineering Technologies” MChJ (MBANK – to‘lov tizimi), PAYME, UPAY va CLICK bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda, hududlarda jami 333 ta chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mavjud bo‘lib, shundan, chiqindilarni ko‘mish joylari 310 tani, chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 tani tashkil etadi.

Jumladan:

– qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlari 235 ta;

– zaharli kimyoviy chiqindilarni ko‘mish maxsus poligonlari 14 ta (shunndan, 1 ta poligon Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan margimush tarkibli chiqindilar ko‘milgan joy);

– sanoat va qurilish chiqindilarini ko‘mish poligonlari 20 ta;

– foydalanib bo‘lingandan keyin ko‘mib tashlanadigan shlam to‘plash joylari (shlamonakopitel) 21 ta;

– kul-shlak tashlash joylari (foydali qazilmalarni qazib olishda va qayta ishlashda hosil bo‘ladigan suyuq va nam chiqindilarni saqlash joyi (xvostoxranilisha) 15 ta;

– radioaktiv va noradioaktiv chiqindilarni ko‘mish joylari 5 ta;

– chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 ta.

Bugungi kunda, 333 ta ob’ektdan 320 tasi (96 %) bo‘yicha chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish davlat kadastri ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, mazkur ob’ektlar to‘liq pasportlashtirilgan.

 

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida
MA’LUMOT

 

I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari

1.

 “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”

O‘RQ-436-son, 13.07. 2017 y.;

2.

 “Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

O‘RQ-495-son, 10.10.2018 y.;

 II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”

PF-5024-son, 21.04.2017 y.;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

PQ-2916-son, 21.04.2017 y.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Respublika shaharlarida maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish doirasida olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskuna hamda butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod etish ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”

F-5057-son, 15.09.2017 y.;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-3730-son, 18.05.2018 y.;

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son Farmoniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

PF-5444-son, 18.05.2018 y.;

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

PF-5580-son, 22.11.2018 y.;

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”

PQ-4291-son, 17.04.2019 y.;

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

PQ-4845-son, 29.09.2020 y.;

III. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

1.

“Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”.

375-son, 15.06.2017 y.;

2.

“Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”

773-son, 28.09.2017 y.;

3.

“O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

711-son, 10.09.2018 y.;

4.

“Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

765-son, 25.09.2018 y.;

5.

“Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

787-son, 02.10.2018 y.;

6.

“Toshkent viloyatining “Ohangaron” va “Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

895-son, 01.11.2018 y.;

7.

“Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”

95-son, 06.02.2019 y.;

8.

“Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”

938-son, 21.11.2019 y.;

 IV. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 11-son “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori

(Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami 3195, 08.11.2019 y.;).

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” 2019 yil 17 oktyabrdagi 12-son qarori

(Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami 3197, 19.11.2019 y.;).

 

  • Map
  • Protected natural areas
  • Open data
  • Contacts

 

Ochiq ma’lumotlar

Maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida, aholiga sanitar tozalash xizmati bilan qamrab olish joriy yilning mart oyidagi 60 foizdan 73 foizga yetkazildi. Chiqindilarni qayta ishlash darajasi 17 foizdan 21 foizga ortgan.

“Toza hudud” va “Maxsustrans” DUKlar tasarrufida chiqindi yig‘ish maydonchasi 3179 ta va chiqindi konteynerlari soni 10372 tani tashkil etadi.

Bugungi kunga qadar 127 ta chiqindi tashish texnikasi,5 ta kompaktor va 2 ta avtoyuklagich texnikalari xarid qilindi. Yil oxiriga qadar jami 225 ta maxsus texnika xarid qilinib, tasarrufga tushiriladi.

Sanitar-ekologik talablarga javob bermaydigan 5 ta chiqindi poligon faoliyati to‘xtatildi, 138 ta poligonning 1,5 ming gektar xududida rekulttivatsiya ishlari amalga oshirildi.

Dasturga asosan “Toza hudud” DUK lar ma’muriy binolarni qurish, chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, qo‘riqhonalar moddiy texnik bazasini mustahkamlash, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi ishlarni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va dasturiy ta’minot, Ilmiy-tadqiqot ishlariga hamda qo‘mita va hududiy bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun ishlari amalga oshirilib, 79,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Bo‘stonliq tumanida aholi va dam oluvchilarni ekologik madaniyatini oshirish va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni targ‘ib etuvchi 16 ta (3x6 o‘lchamli) ijtimoiy reklama pannollari hamda 9 ta videokuzatuv moslamasi o‘rnatildi.

Mavjud chiqindi qutilariga qo‘shimcha ravishda 37 dona konteynerlar o‘rnatilib, ularning soni 159 taga yetkazildi.

Toshkent shahar Sirg‘ali tumani “Janubiy sanoat” hududida faoliyat yuritayotgan 290 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sanoat chiqindilari boshqaruvi bo‘yicha qonun talablariga rioya etilishi o‘rganildi. Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish va qirg‘oq bo‘yi mintaqasida umumiy uzunligi 3000 metr qismida joylashgan hudud turli xildagi chiqindilardan tozalandi. Tartibsiz tashlab ketilgan qurilish va o‘zga chiqindilar bartaraf etildi, buzilgan yerlar tekislanib, rekultivatsiya ishlari bajarildi.

Jami 131 ta holatda korxonalar hududida 229,5 tonna chiqindilar belgilangan tartibga zid ravishda joylashtirilganligi aniqlanib, poligonlarga olib ketildi. 113 ta korxonalarga majburiy ko‘rsatma va ogohlantirish berilib, 29 tasi bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 11,5 mln. so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan 2008 yilda Estoniyada asos solingan Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan joriy yil 19 sentyabr kuni respublika bo‘ylab aktsiya tashkil etildi.

Mazkur aktsiya Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, “Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi, “Ekomaktab” NNT hamda Carrefour xalqaro brendi ostidagi supermarketlar tarmog‘i va boshqa tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tadbirda ishtirok etish uchun yurtimizning 50 dan ortiq sportchi va san’at namoyondalari tomonidan aktsiyaga chorlovchi chiqishlar qilindi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 88 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 2050 ta maxsus texnika jalb qilinib, 1062 ta hudud tozalandi, 17 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

Aktsiya jarayonlari Davlat va nodavlat telekanallar tomonidan 80 ta lavha tayyorlandi. “O‘zbekiston 24” telekanali orqali tadbirdan 11 kun avval har kuni maxsus rolik efirga uzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 747 ta postlar joylashtirildi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan qattiq maishiy chiqindi poligonida chiqindi gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi doirasida “Sejin G&E Co.,Ltd” kompaniyasi 900 ming AQSh doll. miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirildi. 40 gektarga yaqin hududga 40 sm qalinlikda chiqindilarni ko‘mish va rekultivatsiya qilish ishlari bajarildi.

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror asosida 2020 yilda hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish bo‘yicha jami 16 ta loyiha kontseptsiyalari tasdiqlanib e’longa qo‘yildi.

 

 

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi
   

Boshqarma boshlig‘i

Abdullaev
Umarjon Shokirovich

(+988) 71 207 07 70
(ichki raqam 5018#)