Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o'ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI

 BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh VA TABIATDAN FOYDALANISh SOHASIDA RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN O‘TISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;

tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,
2014 yil 20 oktyabr,
290-son


Useful resources