Samarqand viloyati. Kolektor suvining ifloslanish sabablari ma’lum bo‘ldi
07.
05. 2021
21:00
3783
Econadzor

Joriy yiling 7 may kuni Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hodimlari tomonidan Samarqand shahri bo‘ylab olib borilayotgan kuzatuv nazorati tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida, shahar markazidan oqib o‘tuvchi Chashma va Siyobcha kollektorlarining birlashish qismidan nomalum sabablarga ko‘ra binafsha rangdagi tarkibida ifloslantiruvchi moddalar me’yoridan ortiqcha bo‘lgan oqova suvlar oqayotganligi kuzatilgan edi.

Boshqarma tomonidan tashkil etilgan tezkor guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish va surishtiruvlar natijasida Samarqand viloyat suv ta’minoti MChJga qarashli, Kurchatova ko‘chasida joylashgan SP-3 oqova suv ko‘tarib berish stantsiyasi ishlamayotganligi sababli shu ahvolga tushganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources