«Xorazm viloyati Urganch shahri 11 ta sog‘lom daraxt kesib tashlangan» sarlavxasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan munosabat
19.
08. 2021
18:00
4862
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazm viloyati Urganch shahri 11 ta sog‘lom daraxt kesib tashlangan» sarlavxasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Urganch shahar inspektsiyasi tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan manzil Urganch shahar A.Baxodirxon ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida 2020 yil 6 may kuni Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli shahar ko‘chalari, bog‘ va majmualardagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlardagi qurigan daraxtlar va biologik o‘lik holda bo‘lgan manzarali daraxtlarni kesib olish uchun Davlat xizmatlari markaziga Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan №18833671-sonli ariza bilan murojaat qilingan.

Murojaatda Urganch shahri hududidagi bir qancha ko‘chalar bo‘ylab 2130 tup qurigan daraxtlarni kesib olishga ruxsat so‘ralgan. Ariza murojaatni o‘rganish maqsadida Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar Viloyat o‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi va "Xorazmagrokimyohimoya" AJ lariga murojaat mazmunida ko‘rsatilgan daraxtlarni sog‘lom va nosog‘lom ekanligini o‘rganish yuzasidan mutaxasis ajratish va xulosa berish uchun xat berilgan va «Xorazmagrokimyohimoya» AJ mutaxasiss xulosasiga va O‘simliklar karantini xududiy davlat inspektsiyasining №0021464-sonli dalolatnomasi rasmiylashtirilib, daraxtlarda archa unsimon qurti labaratoriya tekshiruvi orqali aniqlanib jami 2130 tup daraxtlardan 322 tup ko‘p yillik daraxtlarni kasallanganligi va zararkunanda xashoratlarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilganligi hamda ildizidan oziqlantirilib saqlab qolindi.

Xulosa bo‘yicha 1808 tup daraxtlar quriganligi sababli kesishga ruxsat etilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan 11 tup terak daraxti kesilishiga sabab, «Xorazmagrokimyohimoya» AJ mutaxasissi xulosasiga asosan jami 45 tup terak daraxtini quriganligi sababli xulosa asosida Davlat Xizmatlari Markaziga kesishga ruxsat berilib ariza murojat yakuniga yetkazilgan.

Shunday ekan 2021 yil avgust oyida 11 tup kesilib tashlangan terak daraxtlari shu jumlasidandir.

2020-2021 yillar mobaynida qurigan daraxtlarni Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ullari ishtirokida Urganch shahar hududida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish chog‘ida bir qancha ko‘chalar bo‘ylab yuqorida ko‘rsatilgan A.Baxodirxon ko‘chasi ham shu manzilga kirganligi sababli hududdagi qurigan daraxtlarni kesish va kesilishi xulosada ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources