Samarqand viloyati. «Qizil kitobga» kiritilgan bo‘z echkiemar saqlab qolindi
17.
09. 2021
15:57
3738
Econadzor

2021 yil 15 sentabr kuni Ishtixon tuman «Beshkapa» MFY Suluvqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro M. Abdullaeva Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilib, xonadoniga 2 kun muqaddam bo‘z echkiemari kelib qolganini va uni qafasga solib qo‘yganini ma’lumqildi.

Ishtixon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspektsiyasi davlat inspektorlari joyiga borib holatni o‘rganganda haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan bo‘z echkiemar murojaatchining xonadoniga kelib qolganligi, uning uzunligi taxminan 1 metrligi va holati qoniqarli ekanligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon sohibiga minnatdorchilik bildirildi va kunning ikkinchi yarmida Ishtixon tumanining Ho‘jaqo‘rg‘on dasht hududiga olib borilib, ona tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources