Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar diqqatiga!
24.
09. 2021
10:31
451
News

Hurmatli tadbirkorlar, 2022 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik audit to‘g‘risida»gi (15.03.2021 y. O‘RQ-678) Qonunining kuchga kirishi munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi o‘quv Markazi joriy yilda ZOOM platformasi orqali ochiq muloqotni tashkil etadi.

Tadbirda ekologik audit sohasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida bayon etilgan Qonunga muvofiq, atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit sub’ektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi lozim.

Mazkur faoliyatga qiziqish bildirgan tadbirkorlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (F.I.Sh, yashash joyi, telefon raqami va h.), shuningdek, o‘z takliflarini quyidagi telefon raqamlari orqali bildirib, ro‘yxatdan o‘tishlari zarur bo‘ladi:

(+998) 95 145-44-27;
(+998) 95 145-44-28.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources