Toshkent shahri. Targ‘ibot va tashviqot ishlari muhim ahamiyatga ega
04.
10. 2021
19:53
3179
News

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni imuhofaza qilish boshqarmasi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jamoatchilikka yetkazilishida targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.

Bu borada Olmazor tuman inspektsiyasi inspektorlari ham samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hudud inspektori Doston Tojiqulov sohadagi islohotlar yuzasidan talaba yoshlarga batafsil tushuncha berib o‘tdi.

Albatta bu kabi targ‘ibot va tashviqot ishlarining muntazam ravishda olib borilishi yoshlarning ekologik madaniyati yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishi tabiiydir.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources