Muhim masalalar yechimiga bag‘ishlangan muhokama
05.
10. 2021
18:27
3106
News

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov boshchiligida qo‘mita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari ishtirokida videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda asosiy e’tibor qo‘mita oldida turgan muhim masalalar yechimiga qaratildi. Eng avvalo, davlatimiz rahbari raisligida 2021 yilning 24 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish yuzasidan qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir vazifani muddatidan kechiktirmay sifatli bajarishning lozimligiga urg‘u berildi.

Muloqot davomida, shuningdek, atrof-muhit muhofazasiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources