Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining IIB bilan hamkorlikdagi tezkor reyd tadbiri
06.
10. 2021
17:55
3780
News

Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Gurlan tuman inspektsiyasi hamda Gurlan tuman IIB hodimlari bilan birgalikda tumanda o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida Shovot- Gurlan magistral yo‘lida Yangiariq tumanida yashovchi fuqarolar N.E. va D.N. lar davlat zaxira yerlaridan tabiiy holda o‘sib turgan saksovulni qo‘porib olib ketayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha fuqarolarning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning har biriga 1 350 ming so‘mdan jarima qo‘llanildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 4 536 ming so‘mni tashkil etdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources