Noyob qushni ko‘paytirish tadbirlari
08.
10. 2021
13:51
4560
News

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumani hududiga – yovvoyi, tabiatda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – 1031 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ta’kidlash zarurki, bu kabi tadbirlar «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi ko‘magida har yili mamlakatimiz hududlarida, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy hamda Buxoro viloyatlarida faol tashkil etilib, bugungi kunga qadar jami 22493 ta qush, shu jumladan 2021 yilning o‘zida jami 6173 ta yo‘rg‘a tuvaloq qushlari tabiatga qo‘yib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning Buxoro viloyatida joylashgan qushlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish Amirliklar markazi («Emirates Bird Breeding Center for Conservation») shuningdek, Navoiy viloyatida joylashagan yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini saqlash bo‘yicha Amirliklar markazi («Emirates Center for Conservation of Houbara») 2008 yildan buyon yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini tabiatdagi sonini qayta tiklash bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Yo‘rg‘a tuvaloqlar O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va diapozoni 1960 yillardan boshlab kamayishni boshlagan.

Yo‘rg‘a tuvaloq Markaziy Osiyoda ko‘payadigan, ko‘chib yashaydigan qush hisoblanadi. Ushbu tur bahorda O‘zbekistonga uchib kelib, mart-iyun oylari oralig‘ida Markaziy Osiyoda ko‘payadi. Oktyabr oyida yo‘rg‘a tuvaloq nisbatan issiq bo‘lgan hududlarga – Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Hindiston va Arabiston yarim oroliga – qishlash uchun uchib ketadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources