Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11.
10. 2021
13:18
3458
News

Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rais J. Kazbekov, ishchi guruh a’zolari hamda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ullari, viloyat hamda tegishli tumanlar hokimlari va mas’ullari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi dolzarb muammolar, xususan, suv sathining pasayishi, sho‘rlanish darajasining oshishi, baliqlarni ko‘paytirish, hududda o‘rmonzorlar barpo etish kabi kechiktirib bo‘lmas muammolar atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar bu boradagi muammolarni bartaraf etish, bu yerdagi ekologik holatni barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources