Zarafshon milliy tabiat bog‘iga e’tibor yanada kuchaytiriladi
17.
01. 2022
16:42
3933
Econadzor

Bu haqda 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Samarqand viloyatida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi bugungi holatni o‘rganish davomida alohida ta’kidladi.

Zarafshon milliy tabiat bog‘i Zarafshon daryosi o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab uzunligi 47 km masofaga qadar cho‘zilgan bo‘lib, umumiy 2 ming gektardan ortiq yer maydonni qamrab olgan. Bugun bu yerda o‘simliklarning 300 dan ortiq, sut emizuvchilarning 24, qushlarning 218, baliqlarning 18, molyuskalarning 26, sudralib yuruvchilarning 11, hashoratlarning 88 turini uchratish mumkin. Shu bois ham hududdagi flora va faunani asrab-avaylash hamda saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources