“Ranglarda aks etgan ona tabiat” pleneri g‘oliblari taqdirlandi
08.
06. 2023
10:08
2143
News

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ranglarda aks etgan ona tabiat” pleneri g‘oliblari hamda qator soha faxriylari taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, "Ranglarda aks etgan ona tabiat" pleneri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab e'lon qilingandi. Plener doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar uyushmasining 56 nafar a’zosi 5–27-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani va Sudoche koʻli ekoturizm maskanida, Toshkent viloyatidagi Ugom-Chotqol va Jizzax viloyatidagi Zomin milliy tabiat bogʻlari, Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasi hamda Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida bo‘lib, 100 dan ortiq suratlar chizishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 5 ta 1-o‘rin, 10 ta 2-o‘rin va 15 ta 3-o‘rin sohiblari aniqlandi. G‘oliblar ro‘yxati quyidagicha:

1-oʻrin – 10 million soʻmdan

1. Xurshid Ibragimov  
2. Sarsenbay Baybasinov 
3.  Oʻrinboy Kambarov
4. Murod Urmanov
5. Dilorom Mamedova
 


2-oʻrin – 5 million soʻmdan  
1. Chori Bekmirov 
2. Saidbek Sabirbayev 
3. Dilmurod Yuldashev 
4. Murtazo Irgashev 
5. Erik Kulmanov 
6. Mirali Maxmudov
7. Mamasoli Axmedov 
8. Gulnoza Jalolova
9. Munisa Isroilova 
10. Abror Izatullayev
 
3-oʻrin  – 2 million soʻmdan

1. Farxod Sattorov
2.  Nabi Pirnazarov 
3.  Xurshid Sattorov           
4.  Javohir Niyozov
5.  Farrux Mavlonov 
6.  Muxammadali Qayumov 
7.  Abduhakim Karimov 
8.  Baxtiyor Yusupov
9. Erkin Aralov
10. Mirzohid Mamatov
11. Sarvar Yuldashev 
12. Sadoqat Jangirova 
13. Zaynitdin Askarov 
14. Ulugʻbek Rajabov 
15. Otabek Shukuraliyev

Useful resources