Xalqaro hamkorlik. «Davekosertifikat» xodimlari Rossiyada malaka oshirmoqda
21.
09. 2021
12:00
3575
Event

Davlat ekologiya qo‘mitasida soha xodimlarining kasbiy malakasini xalqaro talablar darajasida oshirish masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, «Davekosertifikat» tomonidan Rossiya Federatsiyasining «Listok Jizni» kompaniyasi bilan bilim-malakalarini almashtirish hamda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro memorandum imzolangan. Ushbu memorandumga muvofiq, «Davekosertifikat» xodimlari Rossiya Federatsiyasining «Listok Jizni» kompaniyada ekologik markirovkaning 1 turi dasturini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha malaka oshirishni boshlashdi. Jumladan, joriy yilning 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan amaliy mashg‘ulotlarda ekologik markirovka kontseptsiyasi, GEN - butunjaxon ekologik markirovka assotsiatsiyasi, Standart ISO 14024 bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda ekologik sertifikatlashtirish jarayonining xolisligi va shaffofligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni ko‘rib chiqish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa malaka oshirayotgan xodimlar «Listok Jizni» kompaniyasi audit-ekspertlari tomonidan tayyorlangan kirish imtihonlariga yozma imtihon topshirishdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources