Navoiy viloyati. Sanoat korxonasi tabiatga katta zarar keltirdi
08.
10. 2021
18:14
406
Econadzor

Atrof-muhitni muhofaza qilish, nabotat va hayvonot olamini himoya qilish faqat ekologlarning ishi, degan qarashni yo‘qotmas ekanmiz, ko‘ra-bila turib tabiatga ziyon yetkazish davom etaveradi. «Navoiyazot» AJ tomonidan qilingan noinsoflik harakatini boshqacha ta’riflab bo‘lmaydi. Tabiatga shafqatsizlik ham shunchalik bo‘ladimi? Nahot bu korxona mutasaddilarida kelajak oldida mas’uliyat degan tushuncha bo‘lmasa? Bo‘lganda edi «Navoiyazot» AJga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilmasdi.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismining 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olinganda azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan me’yorlardan yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki o‘rganish-surishturuv ishlari davom etmoqda. Uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi va bu ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi. Chunki tabiatga bunday munosabatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources