Rasmiy munosabat. Surxondaryo viloyati, Angor tumani
30.
11. 2021
14:44
416
Econadzor

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab ezgu an’analarni davom ettirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik va idoralar, biznes-tuzilma, jamoat tashkilotlari hamda faol fuqarolar tomonidan ko‘chat ekish aktsiyalari tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash zarurki, ko‘chat ekish uchun hudud tanlanayotgan vaqtda, avvalo hududning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko‘chat turlari, sug‘orish tizimining mavjudligi, shuningdek, parvarish qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

E’tiborli OAV vakillarining s’ay-harakatlari sababli tadbirni o‘tkazish davomida ko‘chat ekish, parvarish qilish bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelishi bilan birga ularni tez bartaraf etish choralari amalga oshirilmoqda.

Atrof-muhitga befarq bo‘lmagan OAV vakillari, fuqarolarga Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘zining tashakkurini bildiradi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan «Bio Texno Eco» MChJ hududida tashkil etilgan bog‘da «qumga ekkan ko‘chat» ko‘karishi masalasida bildirilgan shubha asossiz. Ekologiya, botanika sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qumli tuproqqa ekilgan ko‘chat unib ketadi. Shu bilan birga, boshqa cho‘l hududlarga nisbatan aynan Surxondaryo viloyatida bir necha yil avval ekilgan ko‘chatlar unumdorligi baland hisoblanadi.

Shu bilan birga ta’kidlash zarurki, «Bio Texno Eco» MChJ tomonidan 4 yildan buyon mazkur cho‘l hudud ko‘kalamzorlashtirilgan. Bugungi kunga qadar tadbirkor tomonidan mazkur bog‘da 10 mingdan ziyod ko‘chat ekilib, parvarish qilib kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati Angor tumani «Bio Texno Eco» MChJ tomonidan ko‘kalamzorlashtirilgan hudud (2021 yil, avgust)

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources